Duglas Adamsning "Dirk Jentlining detektiv agentligi" kitobida gapirishni juda yaxshi koʻradigan bir qahramon bor. Masalan, tasodifan uchrab qolgan yoqilgʻi quyish shoxobchasi kassiri u haqida shunday degan: "Bu nusxa shunchaki gapirishni yaxshi koʻrardi... Agar men hojatxonaga kirib oʻn daqiqa oʻtirganimda ham, u bularning barchasini kassa apparatimga gapirishda davom etgan boʻlardi, agar yana oʻn besh daqiqa ushlanib qolganimda esa... kassa apparati chiday olmay qochib ketgan boʻlardi. Ha, bu oʻsha ekanligiga ishonchim komil, — deb qoʻshimcha qildi kassir fotosuratga qarab... Toʻgʻri, boshida uni darrov tanimadim, chunki...". Xoʻsh, nima uchun kassir bu odamni darrov tanimagan?