Ko‘pchilikka ma’lumki, pifagorchilarning tasavvuriga ko‘ra, osmon yoritqichlari harakatlanuvchi sferalarda joylashgan. Bu murakkab tizim shunchalik uyg‘un va muvozanatli tuzilganki, harakatlanayotganda osmon sferalari go‘zal musiqa taratadi. Savol tug‘iladi: unda nima uchun biz hech qanday musiqani eshitmaymiz?
Pifagorchilarning fikricha, biz musiqani aynan eshitamiz... va uni tug‘ilganimizdan beri doimiy ravishda eshitamiz. Butun umr eshitganimiz sababli, unga shunchalik o‘rganib qolganmizki, shunchaki sezmaymiz. Agar u to‘xtab qolsa edi...