Jurnalistlar orasida sovet davridan beri bir latifa yuradi. Bir kuni bo'rilar qo'yni uchratib qolishibdi. To'q bo'lganlari uchun uni g'ajib tashlamay, to'daga qo'shib olishibdi. Bir qancha vaqt o'tgach, ocharchilik kunlari kelibdi va qo'yni baribir yeb qo'yishibdi. Keyin esa uyalganlaridan gazetaga nekrolog olib kelishibdi. Bosh muharrir uni o'qib chiqib, faqat imzoni — "Bo'rilar to'dasi" degan joyini o'zgartirib, nashrga yuboribdi. U imzoni nimaga o'zgartirgan?