V. Pelevinning "Chapaev va Pustota" romanida Chapaev buddist, sharqona yoʻnalishdagi chuqur mistik sifatida tasvirlangan. Uning amallari qatorida budda Anagamaning chap qoʻl jimjilogʻi asosida yaratilgan "loy pulemyoti" ham bor. Ushbu pulemyot ishga tushirilishi bilan u yoʻnaltirilgan barcha narsa oʻzining asl tabiatini namoyon qilar, yaʼni gʻoyib boʻlar edi. Ushbu pulemyotdan oʻt ochish uchun Chapaev romanda "Olov!" deb baqiradi va undan keyin yana toʻrtta soʻz aytadi. Oʻsha soʻzlarni ayting.
Suv, efir, yer, metall — olov bilan birga ular sharq falsafasidagi beshta asosiy elementni tashkil qiladi. (Efir oʻrniga havoni ham qabul qilish mumkin).