RASMDA siz Florida shtatidagi Panama-Siti shahridan bo'lgan ofitsiant Judi Berrini o'zi olgan o'yinchoq-sovrin bilan ko'rib turibsiz. U ishlagan restoran ma'muriyati: "kim eng ko'p pivo sotsa" degan musobaqa e'lon qildi va Judi unda g'olib chiqdi. Biroq, mukofotni ko'rgach, u shunchalik hafsalasi pir bo'ldiki, darhol ishdan bo'shadi va restoranni "qasddan chalg'itish"da ayblab sudga berdi hamda unga aynan va'da qilingan sovrin berilishini talab qildi. Tanlov haqidagi e'lon birinchi aprelda berilganiga qaramay, sud uning da'vosini qanoatlantirdi va restoranga Judiga ... topshirish majburiyatini yukladi. Maksimal darajada aniq javob bering — aynan nimani?