Bir aristokrat ayol oʻz uyida Iogann Brams musiqasi kechasini tashkil qilmoqchi boʻldi. U kompozitorga taklif qilmoqchi boʻlgan mehmonlar roʻyxatini yuborib, tortinmasdan oʻzi koʻrishni istamagan barcha kishilarning ismini oʻchirib tashlashni soʻradi. Ertasigayoq odobli kompozitor roʻyxatni qaytarib yubordi. Unda faqatgina bitta ism oʻchirilgan edi. Qaysi ism?