Oʻz vaqtida oʻn millionlab odamlarda boʻlgan ushbu hujjat oʻz egasiga, jumladan: ertalabki badantarbiya qilishni, kiyinishda didli boʻlishni, atrofdagilarga eʼtiborli boʻlishni, tanishlar bilan salomlashishni, chiniqishni, shuningdek, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni majburiyat qilib yuklagan. Ushbu qoidalarni muntazam ravishda buzganlik uchun egasiga nisbatan turli jazo choralari qoʻllanilishi mumkin edi. Bu qanday hujjat?