Aytishlaricha, mard va ruhan tetik ayol Letitsiya Ramolino homiladorlik paytida bir nechta janglarda qatnashgan. Bir kuni u Bibi Maryamning osmonga koʻtarilishi bayrami munosabati bilan Ayachcho cherkoviga ibodatga boradi, lekin uyga qaytishga majbur boʻladi. Yotoqxonaga yetib borishga ulgurmay, qadimgi Iliada qahramonlari tasvirlangan gilamlar toʻshalgan xonada koʻzi yoriydi. Ushbu chaqaloq bizga qaysi ism bilan maʼlum?