Viktor Gyugoning "Kulayotgan odam" romanidan Surrey grafligi sherifi mahkumga qarata aytgan parchani tinglang: "Qonunga koʻra, ijobiy natija bergan yuzlashtirishdan soʻng, sheriklaringizning hozirgi ochiq iqroringiz bilan tasdiqlangan koʻrsatmalari uchinchi bor oʻqib eshittirilgach, siz Hazrati Oliyalari ruxsati bilan TERMINATOR kabi osib oʻldirilishingiz uchun kishanlardan ozod etilasiz. TERMINATOR kabi, — deb qoʻshib qoʻydi huquqshunos, — ya’ni bolalar sotuvchisi va olopsatarlari kabi". Biz "TERMINATOR" soʻzi bilan almashtirgan soʻz rus tiliga kirib, oʻzining asl ma’nosini oʻzgartirgan va hozirgi vaqtda, odatda, Ozarbayjonning "Yetti oʻgʻlim" filmi ijodkorlari asossiz ravishda ayblangan ish bilan shugʻullanuvchi shaxsni anglatadi. Ushbu soʻzni koʻrsating.