Ushbu inson hayotida shunday davr boʻlganki, maʼshuqasining harakatlariga qaramay, uning asosiy mashgʻuloti sezilarli daromad keltirmay qoʻygan. Shunda u ixtirochilik bilan pul topishga harakat qilgan. Mana uning baʼzi takliflari: — Akvarium vazifasini ham oʻtaydigan shaffof manekenlar; — Kichkina koʻzgulari bor sunʼiy tirnoqlar; — Mashina oynasidan koʻrinadigan manzaradan qoniqmaydigan yoʻlovchilar uchun koʻzoynak-kaleydoskop; — Orqaga taqiladigan sunʼiy koʻkraklar; — Yurishni osonlashtirish uchun prujinali poyabzallar... Bu ixtirolarning birortasini ham sotishning iloji boʻlmagan. Ushbu omadsiz ixtirochining ismini ayting.