Agar ingliz mutaxassislarining ULAR haqidagi tadqiqotlariga ishonadigan boʻlsak, ULARNING soni oxirgi vaqtda keskin kamayib ketgan. Tadqiqotchilar bu faktni mobil telefonlarning keng tarqalishi bilan bogʻlashmoqda. Boshqa bir mamlakatning yirik sanoat shahrida esa OAV va jamoatchilik fikri tomonidan ULARNING bir vakili qayd etilgan, biroq uning bu shaharda boʻlishi ham xavf ostida. Bunga maʼlum bir tashkilotning moliyaviy qiyinchiliklari sabab boʻlgan. Bu tashkilot qanday nomlanadi?