Bir ingliz firmasi DNK tahlili uchun reaktivlar toʻplamini yetkazib beradi. Ularning orasida zararli moddalar ham bor. Masalan, ulardan biri uchun yoʻriqnoma: "Terini, koʻzni, nafas yoʻllarini tirnaltiradi. Jigarga va asab hujayralariga zarar yetkazishi, markaziy asab tizimi depressiyasini, koʻngil aynishini, qusishni, bosh ogʻrigʻini keltirib chiqarishi mumkin. Moʻrili shkaf ostida ishlang! Ish paytida himoya kostyumi, koʻzoynak va qoʻlqop kiying". Ushbu zararli moddaning formulasini yozing yoki hech boʻlmaganda nomini (aniq) ayting.