gotquestions.online

Kunlarning birida Kioto shahridagi asosiy ibodatxonalardan birining mudiri, dzen ustozi Keytoning oldiga Kioto gubernatori Kitagaki keladi va xizmatkor orqali oʻz tashrif qogʻozini (vizitkasini) berib yuboradi. Chol: "Men bu odamni koʻrishni xohlamayman, ketsin", deb javob beradi. Xizmatkor uzr soʻrab vizitkani qaytarib bergach, gubernator: "Bu mening xatoyim edi", deydi-da, yozuv asboblarini olib, vizitkaga baʼzi tuzatishlar kiritadi. Vizitka yana bir bor uzatilganda, Keyto Kitagakini bajonidil qabul qilishini aytadi. Endi javobingizni yozib bering — Kitagakining vizitkasi qanday koʻrinishda boʻlganida Keyto uni qabul qilgan?

Manba