Bir qator tajribalarda ingliz jurnalistlari Turkiyadagi kurortda turli millatdagi dam oluvchilarning xulq-atvor xususiyatlarini oʻrganib, muayyan vaziyatlarni keltirib chiqarishdi. Sayyohlarning oʻzlari tajriba obyekti boʻlganliklarini bilishmasdi. Bir kuni tashkilotchilarning maxfiy koʻrsatmasini bajarayotgan aktyor avtobusda tamaki chekdi. Inglizlar sigaretani oʻchirishni talab qilishdi. Nemislar bunday vaziyatda ovoz berish tashkil qilib, uning natijasiga koʻra norozilik bildirishdi. Yaponlar oʻzlarini koʻrmagandek tutishdi. Amerikaliklar qanday yoʻl tutishdi?