Xullas, qayerda qarta boʻlsa, u yerda ayollar ham bor... Oʻrta asrlarga oid bir qoʻshiqda toʻrt nafar aslzoda ayolning suhbati tasvirlangan. Birinchisi eri jangda halok boʻlgani uchun unga qiyinligini aytadi. Ikkinchisi eri asirga tushgani va tovon puli yigʻish kerakligi sababli unga ham oson emasligini aytadi. Uchinchisi eri jangdan keyin bedarak yoʻqolganini aytadi. Toʻrtinchisi esa oʻz eri haqida gapirib beradi va hamma unga eng qiyin ekanligiga rozi boʻladi. Jang paytida uning eri bilan nima sodir boʻlgan?