Kun-u tun oʻy-xayollar va ibodatlar bilan band boʻlgan buddist rohib haqida afsona bor. Ammo bir kuni u uxlab qoladi va shu bilan oʻz ahdini buzadi. Uygʻongach, u vijdon azobida qiynala boshlaydi. Shunda u oʻz qovoqlarini kesib tashlaydi va ularni yerga otadi. Bu joyda nima oʻsib chiqqan?
Choy butasi (rohib uning barglaridan odamga tetiklik beruvchi ichimlik tayyorlagan).