Uning universal simvolika va mantiqiy hisoblash gʻoyalarida haqli ravishda "fikrlovchi mashina" murtagini koʻrishadi. Mantiqiy formantlar yordamida u koʻplab noxush toʻqnashuvlarni hal qilishni taklif qilgan. "Urushishdan nima foyda?" — derdi u. — "Keling, oʻtirib hisoblaymiz". Norbert Viner esa uni "kibernetikaning avliyosi" deb atagan. Oʻzini "mumkin boʻlgan dunyolarning eng yaxshisida" yashayman deb hisoblagan bu inson kim?