Berlinda ramziy maʼnoga ega Karl-Libknext-shtrasse koʻchasida bir muzey ochildi. Bu muzeyda plastik korpusli avtomobilni koʻrish, kinoteatr stullarida oʻtirish, ishchilar sinfi uchun moʻljallangan panel uydagi xonadon muhitini his qilish mumkin. Muzey maxsus neologizm bilan ataladigan tuygʻuni his qiluvchi nemislar uchun ochilgan. Bu neologizm boshqa bir tuygʻu nomidan faqat bitta harf bilan farq qiladi. Ushbu neologizmni ayting.