Bir vaqtlar qirol-grafomanning qoʻshiqlari haqida salbiy fikr bildirgani uchun bir tanqidchi qamoqqa tushadi. Jazoni oʻtab boʻlgach, bechora yana oʻsha "oliyjanob" muallif huzuriga taklif qilinadi. "Xoʻsh, azizim, endi mening ijodim haqida nima deysiz?" — deb soʻraydi qirol. Tanqidchi javoban unga emas, balki uning xizmatkorlariga yuzlanadi. U ularga nima degan?