Qadimgi gruzin masali: Quturgan fil bir odamni jarlik yoqasiga quvib boribdi. Odam daraxtga tirmashib chiqibdi. Pastga qarasa, u yerda ikki xil rangdagi sichqon daraxt ildizlarini kemirayotgan emish. Undan pastda esa jarlik va uning ichida maxluq bor ekan. Tepaga qarasa, shoxlardan oqayotgan asalni ko'ribdi va xavfni unutib, uni yeyishni boshlabdi. Sichqonlar esa ildizlarni kemirib bitirishibdi, daraxt yiqilibdi va fil odamni jarlikka uloqtiribdi. Shunday qilib, quturgan fil — insoniyatni ta'qib qilayotgan o'lim, asal esa — hayotning aldamchi shirinligi. Sichqonlar nimani anglatgan?