B. Shou o‘zining mashhur asarga yozgan taqrizida musiqashunoslarning iddaolarini fosh qilish uchun tartib yuzasidan birgina iqtibosni "tahlil qildi": "U (muallif) odatdagi kirishsiz ish ko‘radi va eng boshidanoq o‘z mavzusini noaniq nisbat shaklida e’lon qiladi; xuddi shu nisbat qisqa bog‘lovchi bo‘lakdan so‘ng yana kiritiladi, unda biz barcha qisqaligiga qaramay, takrorlanishning ma’nosini belgilovchi muqobil va inkor ma’noni topamiz. So‘ngra ikki nuqta keladi. Ajratib ko‘rsatilgan tasdiqlovchi gap urg‘uni qat’iy ravishda nisbiy olmoshga ko‘chiradi va bizni birinchi nuqtaga yetaklaydi." (qisqartirish mumkin) "Tahlil qilingan" iqtibosni keltiring.