Birinchi shahar sizga deyarli maʼlum emas. Ikkinchi shahar viloyat markazi emas, lekin yirik sanoat markazi hisoblanadi. Uchinchi shahar ham yirik sanoat markazi, ham viloyat markazidir. Toʻrtinchi shahar ham viloyat markazi, lekin uchinchisiga qaraganda yirik sanoat markazi emas. U haqida shuni qoʻshimcha qilamizki, u turizm markazi hisoblanadi. Beshinchi shahar — darvoqe, siz allaqachon anglab yetdingiz. Agar siz bu shaharlar haqida hech narsa bilmasangiz ham, ularning nomlanishiga qarab mantiqiy zanjirni qura olasiz, chunki bu shaharlar boshqa koʻplab shaharlardan, jumladan, barcha federatsiya subyektlari markazlaridan farq qilishini payqaysiz. Shunday qilib, beshinchi shaharni ayting.