"Titanik"ni suv yuzasiga chiqarish huquqiga ega boʻlgan Amerika kompaniyasi rahbari Arni Geller shunday deydi: "Bizning maqsadimiz — sirtga olib chiqadigan tarixiy ashyolarni saqlab qolish. Kompaniya siyosatiga koʻra, birorta ham buyum auksionda sotilmaydi". Kompaniya faqat bitta istisno qildi: "Titanik"da boʻlgan bir xil turdagi mayda buyumlar bolgʻacha ostida (auksionda) sotildi. Bu qanday buyumlar?