gotquestions.online

Bir kuni Faina Ranevskaya ta’tilni Repino qishlogʻidagi dam olish uyida oʻtkazdi. Dam olish uyi temir yoʻl yaqinida joylashgan boʻlib, bu dam oluvchilarga biroz noqulaylik tugʻdirardi. Ertalab elektr poyezdi shovqinidan uygʻonib ketgan Ranevskayaning dugonasi uning eshigini taqillatdi: — Qanday dam oldingiz, Faina Georgiyevna? — Tanechka, bu dam olish uyining nomi nima? — Yablochkina nomidagi. Bunga javoban oʻtkir soʻzli aktrisa shunday dedi: — Nega (ikki soʻz tushirib qoldirilgan) nomidagi emas? Men tun boʻyi poyezd tagida uxlab chiqdim. Tushirib qoldirilgan soʻzlarni ayting.

Manba