Bir kuni U boy bir monastirga tunashga keldi. Rohib unga sifatsiz, kuchsiz va taʼmi yoqimsiz vino quyib berdi. Yaxshiroq vino soʻraganida, rohib rad javobini berdi. U ertalab monastirdan ketayotib, mehmondoʻst boʻlmagan rohiblarga "shodmon hayot" vaʼda qildi. U ketganidan keyin kecha-yu kunduz monastirda hamma narsani vayron qiladigan va agʻdar-toʻntar qiladigan jin paydo boʻldi. Pfalsgraf bundan xabar topib, rohiblarni monastirdan haydab yubordi va ularni kam ovqatga mahkum qildi. Afsona — afsona-ku, lekin hozirgacha ushbu monastirda rohib paydo boʻlsa, tushuntirib boʻlmaydigan hodisalar sodir boʻla boshlaydi. Oʻylab koʻring, bunday "koʻngilsizlikni" yuborgan UNING ismi nima?