"Vecherniy Xarkov" gazetasida turli kasb va aholi qatlamlari vakillari ijro etishi mumkin boʻlgan, hammaga yaxshi tanish qoʻshiq satrlaridan tuzilgan hazil toʻplami eʼlon qilingan edi. Gazetachilarning fikricha, maktab oʻquvchilari: "Biz oʻzgarishlar kutmoqdamiz", soliq inspektorlari — "Uxla, hamma odamlar qarzdor..." deb kuylashlari kerak. Maxsus topshiriqli boʻlinma (spetsnaz) xodimlari esa mashhur ariyadan ikki satrni... Kimning ariyasidan?