gotquestions.online

Estrada teatri rahbari N. Smirnov-Sokolskiy bilan suhbatda madaniyat vaziri Ye. Furtseva shunday deydi: "Menga sizning gastrollarda juda koʻp pul topishingiz haqida gaplar yetib keldi, men esa madaniyat vaziri boʻla turib, mukofot pullari bilan birga sizdan ikki barobar kam olaman. Buni qanday tushuntirish mumkin?". Bunga javoban Smirnov-Sokolskiy oʻylab oʻtirmay: "Gap shundaki, siz (soʻz tushirib qoldirilgan), men esa (boshqa soʻz tushirib qoldirilgan)" deb javob beradi. Hurmatli bilimdonlar, hamma narsa aytib boʻlindi. Sizdan faqat ushbu keskin javobdagi tushirib qoldirilgan soʻzlarni joyiga qoʻyish talab etiladi. Marhamat, ularni toping.

Manba