Savolda ALFA soʻzi boshqa ikki soʻzning oʻrnini bosadi. Bir videooʻyin syujetiga koʻra, oilaviy janjal yuz beradi. Soʻngra qoʻgʻirchoqlarga ALFA tushganidan keyin ular jonlanishini koʻrish mumkin. «ALFA» nomi bilan mashhur yozuvchining kundaliklari nashr etilgan. Aynan kimning?