Sotsiolog Robert Merton ilmiy faoliyat haqida gapirar ekan, tadqiqotchi oʻz yoʻlining boshida qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish topishi qiyinligini, u qilgan kashfiyotlar esa koʻpincha u ishlayotgan guruhdagi nufuzli olimlarga nisbat berilishini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, allaqachon tan olingan va mashhur boʻlgan mualliflar yanada koʻproq shuhrat va tadqiqotlar uchun koʻproq resurslarga ega boʻladilar. Merton ushbu effektni kimning nomi bilan atagan boʻlsa, oʻsha shaxs buxgalterlarga ma’lum ma’noda aloqador. Ushbu shaxsni ayting.