Ushbu romb shaklidagi oilaviy gerbning yuqori burchagida moviy fonda oltin rangli qoʻshaloq kalit, kalitning ikki tomonida oltin sherlar, oʻng burchakda qizil fonda qalʼa minorasi tasvirlangan. Romb tepasida toʻrtta marvaridli diadema bor. Diadema uchida tikanakli oʻsimlik (chertopolox), rombdan pastda esa "Xizmatlari uchun ordeni" xochi joylashgan. Rombni ikki figura ushlab turibdi: Harbiy havo kuchlari admirali va I. Nyuton. Bu gerb kimga tegishli?