U Amerika, Belgiya, Vengriya, Daniya, Krakov, Rim, Parij, Prussiya va Serbiya akademiyalarining aʼzosi, Vengriya fanlar akademiyasi, Gyottingendagi Qirollik fanlar jamiyati, Rimdagi Qirollik fanlar akademiyasi va Turindagi Qirollik fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, Gyottingen, Glazgo, Yel, Kembrij, Oksford, Prinston va Edinburg universitetlarining doktori boʻlgan. Uning ishlari oʻrmon xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi, tarbiya, aholi muammolari, geografiya, iqtisodiyot, jamiyatshunoslik va, albatta, tabiiy fanlarga bagʻishlangan edi. U: "Mening birinchi xizmatim — vatanga, ikkinchisi — maʼrifatga, uchinchisi — sanoatga", deb yozgan edi. Uni nomini ayting.