Koʻp odamlar, hatto oʻzini ateist deb hisoblaydiganlar ham, tez-tez: "Xudoyim!" (ruschada: Boje moy) deb xitob qilishadi. Lekin nima uchun ruschada "Bog moy" emas, aynan "Boje moy" deyiladi?
Hozirgi rus tilida 6 ta kelishik bor, lekin qadimgi slavyan tilida ular 7 ta boʻlgan. Chaqiriq kelishigi (zvatalniy padej) yoʻqolib ketgan, uning izlari "otche", "starche", "boje" kabi murojaatlarda saqlanib qolgan.