Nyu-Yorkning muhojirlar yashaydigan tumanlaridan birida men musiqa doʻkoniga kirdim. Barcha kompakt disklar boʻlimlarga ajratilgan edi: disko, klassika, rok... Shunday boʻlimlarning birida Maykl Jekson, Modern Tolking, Madonna, Bitlz va boshqalarni topish mumkin edi. Taxmin qiling, ular qanday lavha ostida joylashgan edi?