Diqqat, qozoq topishmogʻini tinglang! Temir Qoziq hukmdor Tangri tomonidan osmonga qoqilgan va Olam Oʻqi hisoblanadi. Unga ikki ot — oq va koʻk ot arqon bilan bogʻlangan. Otlar qoziq atrofida aylanib, oʻtloqda tinchgina oʻtlab yurishadi, Jeti Qaroqchi — yetti oʻgʻri esa ularni oʻgʻirlamoqchi boʻlib, har qadamda taʼqib qilishadi. Agar bu yetti oʻgʻri kimligini topgan boʻlsangiz, qozoqlar Temir Qoziq (Temir Qaziq) deb nimani atashganini ayting?