Ayniqsa Finikiyaning Sidon shahri yaqinida UNI ko'p yetishtirishgan — UNING lotincha nomi ham shundan kelib chiqqan. Mashhur "nizo olmasi" aslida olma emas, balki UNING mevasi bo'lgan deb hisoblashga asoslar bor: bu mif voqealari sodir bo'lgan joylarda u paytda na madaniy, na yovvoyi olma daraxtlari bo'lmagan. Amerikalik yozuvchi Genri Uord Bicher esa hazillashib UNDAN murabbo tayyorlashni shunday tavsiya qilgan: "Bitta (nomi tushirilgan), bir bochka shakar va yetarli miqdorda suv oling". UNI ayting.