Yozuvchi Aleksandr Kanevskiy masalining qahramoni butun hayoti davomida doimo nimadir yo‘qotib yurgan. Men sizga ushbu masalni ba’zi kalit so‘zlarni yashirgan holda aytib beraman: «Avvaliga inson murakkab gaplardan qo‘rqadigan bo‘ldi, soddaroq iboralar qidirdi. Keyin past ovozda gapira boshladi. So‘ng savol berishni to‘xtatdi. Va umrining oxiriga kelib u birorta ham shaxsiy fikr bildirmasdi, doimo kimdandir iqtibos keltirardi. Shunday qilib u fikrlashni va ... unutdi». Ushbu masalni so‘zma-so‘z yakunlang. U bilan nima sodir bo‘ldi?