[Jamoalarga oʻyin boshida ularning koʻz oʻngida ochilgan, biroq ochilish jarayoniga eʼtibor qaratilmagan shishadagi “Koka-kola” stakanlarda tarqatiladi.] Endi esa — anʼanaviy ichimlik haqidagi savolimiz. Iltimos, sizga berilgan ichimlikni tatib koʻring. [Hamma tatib koʻrguncha pauza qilinadi.] Ushbu kimyoviy birikmadan zaharlanishning birinchi belgilari — nafas qisishi, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, quloqlarda jaranglash; uyquchanlik, nafas olish va yurak faoliyatining zaiflashishi paydo boʻladi. Biz qoʻlimizdan kelganicha bu birikmani ichimlikdan chiqarib tashlashga harakat qildik, lekin bunga toʻliq erisha olmadik. “Birinchi boʻlish istagi” detektiv hikoyasida esa ushbu birikma yordamida inson otib oʻldirilgan. Ushbu birikmaning aynan oʻsha hikoyada tilga olingan shaklini ayting.