Barchangiz mashhur atsteklar sivilizatsiyasi va ularning nauatl deb ataladigan tili haqida eshitgansiz. Atsteklar Eski Dunyoga shokoladni (atstekcha "chokolatl") sovgʻa qilganini ham bilasiz. Endi ayting-chi, ituzumdoshlar oilasiga mansub sabzavot va itsimonlar oilasiga mansub hayvonning nomi atstekcha qanday yangraydi?