gotquestions.online

Gromiko SSSR Tashqi ishlar vaziri boʻlishidan oldin uzoq vaqt diplomatik xizmatda boʻlgan. Stalin uni Vashingtonga elchi qilib yubora turib, uning ingliz tilini hali yaxshi bilmasligini aniqladi. Shunda Iosif Vissarionovich Gromikoga maʼlum muassasalarga borishni va "xalq tushunadigan tilda gapiradigan, uning kundalik ehtiyoj va tashvishlarini, demakki, mamlakatdagi umumiy ichki siyosiy kayfiyatni ifodalaydigan" odamlarni tinglashni tavsiya qildi. Sovet rahbari uchun paradoksal boʻlgan ushbu maslahatni tushunishga harakat qiling: u qayerga borishi va kimni tinglashi kerak edi?

Manba