Qora quti. Ada Baskina amerikaliklarni bolalikdanoq oʻz-oʻzini hurmat qilishga oʻrgatishlarini aytadi. Misol tariqasida u bolalar telekoʻrsatuvi syujetini keltiradi. Koʻrsatuv boshlovchisi bolaga tugʻilgan kuni munosabati bilan sovgʻa topshiradi. Bolaga sovgʻaga qarashni taklif qilar ekan, boshlovchi u yerda juda qadrli va noyob narsani koʻrishini taʼkidlaydi. Diqqat, savol! Qora qutida nima bor?