[Boshlovchiga: quyidagi matn asosida oʻzingiz savol tuzishingiz va berishingiz kerak. Butun matndan foydalanish shart emas. Jamoalarga savolni oʻynashdan oldin eksperiment haqida gapirmang. Matn: "Savol muharriri qimmatbaho toshlarga ishlov beruvchi zargarga oʻxshaydi. U savollarga turli burchaklardan qaraydi, ularni baholaydi va ish uchun eng goʻzallarini tanlaydi. Tajribali koʻz bir qarashda sezilmaydigan faktda boʻlajak brilliantni koʻradi. Savol ustida ish boshlagan muharrir uni qoʻpol silliqlashdan oʻtkazadi. Keyin esa yaltiraguncha sayqallaydi. Lekin uning ishi bu bilan tugamaydi. Savol-toshlarni tur-ramkasiga shunday uygʻun joylashtirish kerakki, ular bir-birini soya qilmasdan, aksincha, bir-birining goʻzalligini ta'kidlasin. Konstantin Ilyin."]