Rasmiy tushliklardan birida Prussiya elchisi oʻz qadahidagisini bir koʻtarishda ichib yuborganini koʻrib, Fransiya tashqi ishlar vaziri Talleyran unga qarata shunday dedi: — Konyak bunday ichilmaydi. Qadah kaftga olinadi, isitiladi va guldasta (ifor) paydo boʻlishi uchun biroz aylantiriladi. Shunda u burun kataklariga yaqinlashtiriladi va zavqlaniladi. — Keyin-chi? — Keyin konyak... Hurmatli bilimdonlar, umid qilamizki, keyingi bir daqiqa davomida siz Talleyranning maslahatiga amal qilib, uning fikrini yakunlay olasiz.
"... keyin konyak stolga qoʻyiladi va u haqida gapiriladi".