Qadimgi ishonchlarga koʻra, tana goʻshtidan ajratilgan tyulen terisi SHU hodisa paytida burishib yigʻiladi. Galela oroli aholisi, agar SHU paytda oʻsimlik moyi siqib olinsa, u kamroq chiqadi deb hisoblashgan. Angliya sharqida esa oʻlim holatlarining aksariyati aynan oʻsha paytda sodir boʻladi degan fikr bor edi. Shekspir ham bu irimdan yaxshi xabardor boʻlgan boʻlsa kerak, chunki u Falstafni ham SHU paytda vafot ettirgan. SHUni ayting.