Klassik operaning mashhur parodiyasi boʻlmish "Rychalovning gastrollari"da dehqon qizi Margarita rolini oʻynayotgan soprano sahnaga chiqib shunday kuylaydi: "U kim boʻlsa ham: oddiy dehqonmi yoki aslzoda dvoryanmi, bugun meni ayiqdan yolgʻiz oʻzi qutqargan... Ha, yoʻq, ha, yoʻq, ha, yoʻq, ha, ha, Ha, yoʻq, ha, yoʻq, ha, ha, ha, Ha, ha, ha, ha, yoʻq, yoʻq, ha, ha..." Ayting-chi, u buni nima yordamida va qanday harakat bilan bajarmoqda, shuni hisobga olingki, bizning oʻlkalarda bu maqsad uchun odatda boshqa narsa ishlatiladi.