Gersog Medichi bogʻida ishlayotgan ustalar bir muammoga duch kelishdi va gersogning saroy matematigi — Galileyga maslahat soʻrab murojaat qilishdi. Galiley ularni eshitib, tabiat, albatta, boʻshliqdan qoʻrqadi, lekin bu qoʻrquv, aftidan, oʻttiz toʻrt futdan yuqoriga oʻtmaydi, deb javob berdi. Ustalar aynan nima bilan shugʻullanishgan?