BU mashhur dahshatli film va yo‘qolgan rasmning nomi bo‘lib xizmat qiladi. Agar o‘rtadagi ikki harfning o‘rni almashtirilsa, BU mashhur epik filmda bosh rolni ijro etgan aktyorning ismiga aylanadi. Fauna vakili tomonidan amalga oshirilgan xuddi shu BU harakat esa familiyasi yuqoridagi epik film voqealari sodir bo‘lgan joy bilan bog‘liq bo‘lgan adabiy qahramonni qutqarib qolgan. Ushbu adabiy qahramonni ayting.