Bir safar Parij doʻkonlarida yangi burun dastroʻmollari sotuvga chiqdi. Ularni ishlab chiqargan firma oʻz mahsulotidan boy qarindoshlarning dafn marosimlarida va soliq idorasiga borganda foydalanishni qattiq tavsiya qildi. Dastroʻmollar maxsus modda bilan toʻyintirilgan edi, lekin biz sizdan uni emas, balki Volfgang Amadey Motsartning mashhur asarida uchraydigan oʻzakdosh soʻzni aytishingizni soʻraymiz.