Hayotiy lavha. Yangi yil arafasida ota kichik oʻgʻli bilan uyiga yaqinlashayotib, ancha ichib olgan ikki Qorboboning oʻzaro urishayotganini koʻrib qolishadi. Bolaning koʻziga yosh keladi va u: "Ada, bu nima?" deb soʻraydi. Ertak koʻz oʻngida parchalanayotganini tushungan ota vaziyatdan chiqish yoʻlini topadi va: "Xavotir olma, oʻgʻlim! Bu BIRINCHI IKKINCHINI kuzatyapti..." deb javob beradi. BIRINCHI va IKKINCHINI ayting.