Angliyadagi Lester universiteti har yili maʼruzachilardan biriga oltin, kumush va bronza mukofotlarini topshiradi. Yaqinda oltin mukofot sovrindorlaridan biri professor Eshli Klark boʻldi, u "cheksiz kenglikdagi qovushqoq muhitda jismlar harakatining klassik mexanik tasviri" haqidagi maʼruzasi uchun taqdirlandi. Kumush mukofotni esa doktor Duglas Kossar oyoqning toʻpiqdan pastki qismlarini tasvirlovchi nemis soʻzlari haqidagi maʼruzasi uchun oldi. Ayting-chi, ushbu mukofotlar qaysi buyum shaklida tayyorlangan?
Oltin, kumush va bronza yostiq — eng zerikarli maʼruzachilar uchun.