"Toʻlqinlar" fantastik hikoyasida Yer sayyorasi toʻlqinlar — radio toifasidagi maxluqlar bosqiniga uchradi, ular atmosferadagi elektromagnit energiyani bir zumda yutib yuborishardi (toʻgʻri, koʻrinadigan spektrga tegishmagan...). Insoniyat taraqqiyotning koʻplab mevalaridan mahrum boʻldi, ammo yana kerosin lampalar va ot kuchi xizmatiga qaytib, moslashib ketdi... Faqatgina koʻplab romantiklar va tabiatsevarlar bir narsaning yoʻqolganidan juda afsuslanishardi... Xoʻsh, nima yoʻqolgan edi?
Momaqaldiroq. "Chaqmoq" javobi ham qabul qilinadi.